Bugun xalq deputatlari Xorazm viloyat Kenashi deputati N.A.Gayipova, viloyat “Mahalla” xayriya jamoat fondi mas’ul xodimi G.Radjabova va shahar Kengashi deputati X.Karimovalar tomonidan Urganch shahridagi Saxovat mahallasida yashovchi fuqaro murojaati asosida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
Ushbu murojaatda ijtimoiy ta’minotiga oid masala ko‘tarilgan bo‘lib, mazkur masala ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganildi.
Qayd etish lozimki, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganida hamda aniqlashtirish lozim bo‘lgan holatlar mavjud bo‘lganida joyiga chiqib o‘rganishlar tashkil etiladi.
Ushbu murojaat bo‘yicha tegishli hujjatlar to‘planmoqda va ular bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. O‘rganish natijalariga bo‘yicha tegishli ta’sir hujjati tayyorlanadi.