Sessiya ishini Kengash raisi, shahar hokimi Bunyod Madirimovich olib bordi va quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
- Davlat dasturining shahardagi ijrosi xususida;
- shahar prokurorining birinchi yarim yillikdagi faoliyati yuzasidan axboroti;
- shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining hisoboti;
- shahar MMTB bo'limi boshlig'i hisoboti;
- ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatgichlar va mahalliy budjetning 6 oylik ijrosi;
- Kengash faoliyati bilan bog'liq masalalar;
- boshqa masalalar.
Ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi, deputatlar ishtirokida muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.