Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Po‘lat Quvandiqovich Raxmonov 9-«Sayopir» saylov okrugida mahalla raisi Komiljon Bekturdiyev bilan birgalikda okrug hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, piyodalar yo‘laklarini qurish, yangi transformatorlar o‘rnatish hamda yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mazkur ishlarga tuman Kengashi tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan maʼlumotlar o‘rganilib, tegishli maʼlumotlar Kengash kotibiyatiga taqdim etish uchun shakllantirildi.