Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputati Sobirjon Baxtiyarovich Allayorov tomonidan “Yoshlik” mahallasi hokim yordamchisi bilan hamkorlikda aholi bilan manzilli ishlash, xonadonbay o‘rganishlar o‘tkazish hamda aniqlangan muammolarga amaliy yechim topishga qaratilgan ishlar olib borildi.
O‘rganishlar davomida “Madaniyat” ko‘chasi, 12-uyda yashovchi, vaqtincha ishsiz va Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turuvchi fuqaro S. A ning mehnat qilish imkoniyati mavjudligi inobatga olinib, uni mahalla hududida faoliyat yuritayotgan “Tikuvchi” MCHJ korxonasiga ishga joylashtirish choralari ko‘rildi.
Mazkur holat xonadonbay o‘rganishlarning amaliy ahamiyatini yaqqol ko‘rsatadi. Yaʼni, xonadonbay o‘rganishlar oddiy maʼlumot to‘plash bilan cheklanib qolmasdan, aniqlangan muammoning yechimini topishga qaratilgan amaliy jarayon sifatida namoyon bo‘lmoqda.