Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi kotibiyat mudiri Xushnudbek Romanberganovich «Yakkachikir» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Hamid Matchanov bilan birgalikda mahallada xotin-qizlar faoli Sh. Rahmonova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, oilaviy muhitni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shu bilan birga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan oilalar o‘rtasidagi ajrimlar soni hamda xotin-qizlar tomonidan olingan himoya orderlari soni ortib borgani salbiy holat sifatida qayd etildi.