Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputati Ziyoda Rahimberganova «Kambag‘al oilalar bilan ishlash» dasturi doirasida o‘zi saylangan “Obod” mahallasida Ijtimoiy reyestrning «kambag‘allik chegarasida» kategoriyasida ro‘yxatda turgan 9 ta oila aʼzolari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida oilalarda mavjud ijtimoiy masalalar o‘rganilib, aniqlangan muammolarni hal etish hamda kambag‘allik chegarasidagi oilalarga tegishli tashkilotlar orqali amaliy ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha kelishib olindi.
Shuningdek, oila aʼzolarining mehnat qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ularni munosib ishga joylashtirish hamda doimiy daromad manbaiga ega qilish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.