Xalqaro gullar festivaliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati O. Yusupov tomonidan Namangan shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan 65-xalqaro gullar festivaliga tayyorgarlik ko‘rish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Shu maqsadda ular Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bog‘iga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, gul kompozitsiyalarini joylashtirish hamda tashkiliy masalalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish jarayonida festivalni yuqori saviyada tashkil etish, tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, hududning estetik ko‘rinishini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.