Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuproqqal’a tuman Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
TUPROQQAL’A TUMANI KENGASHI SESSIYASI: YOSHLAR BANDLIGI VA IJTIMOIY SOHA NAZORATDA
янв.21
Tarix bilan uchrashuv: bolajonlar uchun unutilmas sayohat
янв.21
Tuproqqal'a tumani hokimi, Kengash deputati Akmal Ortikovich Jimalyazov "Kelajak" bolalar maktabiga tashrif buyurвш
янв.21
📌 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi qarori
янв.21
Ko‘p qavatli uylar uchun yaratilayotgan qulayliklar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafisa Qurbonova Sayapir mahallasida
янв.21
Nafisa Qurbonova “Saidlar” mahallasidagi faol xotin-qizlar bilan uchrashdi
янв.21
“Xalq deputatlari Kengashlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 1-son Tuproqqal’a saylov okrugidan saylangan deputat Ismoil Ro‘zimovich Jumanazarov mahallada fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Shohijahon Isamutdinov hamda mutaxassislar Ilhom Ikromov va Zilola Temirova Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish va sanitariya holatini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari, yashil hududlar hamda jamoat joylarining holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalla hududida tozalikni saqlash, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan ayrim yo‘nalishlarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, hududni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda fuqarolarning bu boradagi faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, ozoda va obod mahalla — aholi farovonligi hamda sog‘lom turmush tarzining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois bu boradagi ishlarni tizimli davom ettirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.



Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 6