Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi hamda Konimex tuman partiya tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tashkil etilganligining 6 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Konimex tuman kasb-hunar maktabida o‘tkazilgan tadbirda tuman Kengashi deputatlari, tuman O‘rmon xo‘jaligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Nuroniylar jamg‘armasi, SEOJSX , tibbiyot sohasi vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlari ekofaollari va yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda Partiya tomonida 6 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.