3-dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan O‘zXDP Qibray tumani kengashi Toshkent viloyati kengashi, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati A.Umaraliyev bilan hamkorlikda viloyat Psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi bolalar uyida ham "Mehr ulashaylik" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Bolajonlar va ertak qahramonlari ishtirokida sahnalashtirilgan ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilib, tarbiyalanuvchilarga quvonch ulashildi. Tadbir so‘ngida bolajonlarimiz uchun homiylarimiz tomonidan tayyorlangan sovg‘alar taqdim etiildi.