Bo'ka tumanidagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida deputatlar tomonidan o'tkazilgan o'rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
Jumladan, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati A.Abdullajonov va Xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashi deputati D.Po'latov ishtirokida Bo'ka tumani "Navobod" mahallasida joylashgan Bo'ka tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 9-, 43-sonli, hamda "Rovot" mahallasida joylashgan 10-umumiy o'rta ta'lim maktablarida isitish tizimlarining holati, ko'mir zaxiralari, shuningdek o'quv xonalaridagi shart-sharoitlari o'rganildi.
O'rganish davomida maktab ma'muriyati tomonidan bildirilgan takliflar va aniqlangan muammolar tegishliligi bo'yicha mas'ullarga yetkazilib, ijrosi nazoratga olinishi ta'kidlandi.