Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning barchasida 3 dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida keng nishonlanadi. Imkoniyati cheklangan insonlar, jamiyatning to‘laqonli a’zosi hisoblanadi. Xayot tarzi, bilim olishi, teng huquqliligi, barcha sharoitlarning yaratilishi borasida mazkur sanani bayram sifatida nishonlash belgilangan. Ulardagi bor imkoniyat, ijod sog‘lom odamda bo‘lmasligi mumkin. Bunday qobiliyatli insonlar oramizda ko‘pchilikni tashkil qiladi.
3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida "Yurakdan yurakka" nomli xayriya aksiyasi o‘tkazildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva va deputatlar faol ishtirok etishdi.