Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Hudud obodligi — xalq farovonligi yo‘lida muhim qadam!

Hudud obodligi — xalq farovonligi yo‘lida muhim qadam!

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati J. Taxchiyeva o‘z hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilmani rivojlantirish ishlari bilan yaqindan tanishib, ularning borishini muntazam nazorat qilib bormoqda.

Ayni kunlarda hududdagi ichki yo‘llarda toshlash va asfaltlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mazkur ishlar aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda mahallalarning yanada obod bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari va ehtiyojlari asosida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar hudud infratuzilmasini rivojlantirish, aholining turmush sifatini oshirish yo‘lidagi muhim amaliy qadamdir.

Slide 1 of 5