Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati, 8-Tajribakor saylov okrugi deputati A. Avliyakulov tomonidan hudud aholisining muammolari va takliflarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurib, fuqarolar bilan muloqotlar o‘tkazildi.
Muloqotlar davomida fuqarolarning murojaatlari, kundalik hayotda uchrayotgan muammolari hamda hududni yanada obod qilish bo‘yicha takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va masalalarning yechimini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Deputat tomonidan aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlarini o‘rganish va muammolarini hal etishga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xalq bilan muloqot va fuqarolar murojaatlariga e’tibor — samarali faoliyatning muhim mezonidir.