Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun – zamonaviy to‘lov munosabatlarining huquqiy asosi

“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun – zamonaviy to‘lov munosabatlarining huquqiy asosi

O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni 2019-yil 19-sentabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda 2019-yil 11-oktabrda Senat tomonidan ma’qullangan.

Mazkur Qonun mamlakatimizda to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish, to‘lov tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, elektron pul tizimlaridan foydalanish va to‘lov tizimlarining uzluksiz hamda xavfsiz ishlashini ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Qonunning asosiy maqsadi:

🔹 To‘lov xizmatlari sifatini oshirish;
🔹 Naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish;
🔹 To‘lov tizimlari xavfsizligini ta’minlash;
🔹 Iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
🔹 Zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Bugungi kunda ushbu qonun bank kartalari, mobil ilovalar, elektron hamyonlar va boshqa raqamli to‘lov vositalaridan foydalanishda fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay va ishonchli huquqiy muhit yaratishga xizmat qilmoqda.