#murojaat_ijrosi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️Mahalladagi yana bir masala ijobiy hal etildi
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanbayevga Mirobod tumani “Ming o‘rik” mahalla fuqarolari yig‘ini aholisidan murojaat kelib tushdi.
📝 Mazkur murojaatda mahalla hududidagi qurib qolgan daraxtlarni kesish, betartib o‘sgan shoxlarni butash va tartibga keltirish masalalari ko‘tarilgan. Deputat aholi arizasini ko‘rib chiqib, muammoni hal etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘landi.
📉 Shundan so‘ng tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan hududga xodimlar va maxsus texnika safarbar etildi. Mahalla hududidagi qurigan daraxt shoxlari kesilib, zaruriy butash va tartibga keltirish ishlari bajarildi.
💡 Amalga oshirilgan ishlar natijasida hudud tartibga keltirilib, xavfsizlik ta’minlandi. Mahalla aholisi muammoning qisqa muddatda hal etilgani va hudud obodonlashtirilgani uchun deputatdan hamda mutasaddi tashkilotdan mamnun.
🗣 Zero, xalqning roziligi — olib borilayotgan islohotlarning eng oliy mukofotidir.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash