Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A. Abdullayev tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Deputat tumandagi 21-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlarning bilim olishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish holati ko‘zdan kechirildi hamda mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Yoshlar ta’limi, tarbiyasi va kelajagiga qaratilgan e’tibor — yurt taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

Slide 1 of 8