“Deputatlik so‘rovi natijasi: Pistalikentdagi bir nechta ko‘chalar ta’mirlanadi”
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashiga 16-"Boqquduq" saylov okrugidan saylangan deputat B. Hamraqulovning deputat so‘rovi asosida Zafarobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasidan rasmiy javob olindi.
Ma’lum qilinishicha, Pistalikent ShFY hududidagi Tinchlik, Sherobod va Garasha ko‘chalari 2026-yil dasturiga kiritilgan bo‘lib, yil yakunigacha asfalt qilinishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Yoshlik ko‘chasining 1,2 km qismi ham qo‘shimcha ro‘yxatga kiritilib, 2026-yil oxirigacha ta’mirlanadi.
✅ Ushbu ishlar ijrosi deputatlik nazoratida bo‘ladi.