Murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan fuqaro murojaati asosida elektr ta’minoti va kanal masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Murojaat mazmunidan kelib chiqib, tegishli soha mutaxassislari bilan birgalikda hududga chiqilib, mavjud holat joyida ko‘zdan kechirildi hamda muammoning kelib chiqish sabablari o‘rganildi.
Hozirda murojaatda ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Murojaat ijrosi nazoratga olinib, ishlar davom ettirilmoqda.