Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

8-dekabr - O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Karimov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Termiz Iqtisodiyot va servis universiteti o‘qituvchilari va talabari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda deputat Konstitutsiyamizning ahamiyati, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi roli hamda qonun ustuvorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratib, Konstitutsiyaning ijtimoiy yo‘nalishga qaratilgan normalarida aholining haqiqiy turmush darajasini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalar hamda yordamga muhtoj qatlamlarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam mexanizmlarining aniq belgilab berilganligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Slide 1 of 3