Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bugun, 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir. 

Ushbu xujjat O‘zbekiston davlatchiligi shakllanishining eng yangi bosqichini boshlab berdi va bugungi kunda u har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddima, 6 ta bo‘lim, 27 ta bob, 155 ta moddadan iborat.

Sana munosabati bilan butun xalqimizni mamlakatimiz Bosh Qomusi qabul qilinganligining 33 yillik shodiyonasi bilan samimiy qutlaymiz.

Slide 1 of 1