8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Termiz sharidagi 8-sonli umumta'lim maktabida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati O.Lapasova tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda deputat tomonidan Konstitutsiyaning barcha bo’lim va moddalari mustaqil Vatanimizning milliy qadriyatlarini tiklash, inson manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, milliy va diniy qadriyatlar va vijdon erkinligi hamda oilada mustahkam muhitni ta’minlash, millatlar va elatlar, xalqlar o’rtasida o’zaro hamkorlik, bag’rikenglik, do’stona munosabatlarni yaxshilash kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirishga qaratilganligi qayd etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari barchaga bayramona ruh, yuksak kayfiyat, faxr va g‘urur tuyg‘ularini ulashdi.