Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi deputat I.Tangirov tashabbusi bilan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Termiz lokomotiv deposida temir yo‘l xodimlari ishtirokida “Konstitusiyada fuqorolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilariga deputat tomonidan Konstitutsiyamizning ahamiyati, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi roli hamda qonun ustuvorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bosh qomusimiz — xalq irodasi va davlat taraqqiyotining poydevori ekanligi e'tirof etildi.