Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Konstitutsiyamiz — bosh qomusimiz!

Oltinsoy tumanidagi 49-maktabda Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi tomonidan Konstitutsiya qabul qilinganiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Ishtirokchilar Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi asosiy tamoyillar va huquqlar haqida suhbatlashishdi. Kafedra mudiri, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.E.Xolmuminov bosh qomusimiz — xalq irodasi va davlat taraqqiyotining poydevori ekanini ta’kidladi.

Maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ham faol qatnashib, Konstitutsiyaga hurmat va mas’uliyat borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Slide 1 of 3