O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati J.Hamroqulov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz shahridagi Xalq qabulxonasi mutaxassisi Z.Xasanov ishtirokida shaharning “Majnuntol” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.