🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan Taxiatosh tuman prokurori A.Kipshakbaevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi axboroti tinglandi.
🔍 Axborotda:
🔹 hududda qonun ustuvorligini ta’minlash;
🔹 jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish;
🔹 jamoat xavfsizligini mustahkamlash;
🔹 fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish;
🔹 jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
💬 Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan qator savollar va takliflar bildirilib, hududlarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda aholi bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.