Yangiliklar

Senatorga tumandagi amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Bekatova Zumrad Raximbayevna bilan uchrashdi.

🤝 Uchrashuv davomida senatorga Taxiatosh tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish tadbirlari, shuningdek, tumanga jalb etilayotgan investitsiya loyihalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

📈 Xususan:
🔹 hududlarda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari;
🔹 investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlar;
🔹 mahalliy Kengash va deputatlar tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari yuzasidan fikr almashildi.

💬 Senator tomonidan hududlarni rivojlantirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash hamda mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 8