Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Abdisadikov Yusupbay Axmadjanovich hamda “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari bilan birgalikda o‘zi saylangan “Obod makon” MFY 8-Berdax saylov okrugi hududida joylashgan 1-sonli maktabda bo‘ldi.
🏫 Tashrif davomida maktabda faoliyat yuritayotgan “Qo‘l jangi” sport to‘garagi uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
🔍 Xususan:
🔹 sport zalining holati;
🔹 mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar;
🔹 mavjud sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi;
🔹 yosh sportchilarning samarali shug‘ullanishiga to‘sqinlik qilayotgan kamchiliklar tahlil qilindi.
🤝 O‘rganish davomida sport infratuzilmasini yanada yaxshilash, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni kengaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga kelishib olindi.
📌 Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.