Yangiliklar

📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov tomonidan “Oydin yo‘l” MFYda ijtimoiy xodim faoliyati hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida:
🔹 kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va manzilli qo‘llab-quvvatlash ishlari;
🔹 ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari;
🔹 fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish, yordamlarning manzilliligini ta’minlash hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

📍 Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 1