Yangiliklar

Senator Kengash faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Bekatova Zumrad Raximbayevna Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi.

🤝 Tashrif davomida senator Kengash kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich bilan suhbatlashib, Kengash va kotibiyat faoliyatini tashkil etish, deputatlar bilan ishlash hamda hujjatlar yuritilishi masalalari yuzasidan fikr almashdi.

📑 Shuningdek:
🔹 Kengashda yaratilgan ish sharoitlari;
🔹 hujjatlarni yuritish tartibi;
🔹 Kengash qarorlarini amaldagi namunalar asosida tayyorlash jarayonlari o‘rganildi.

💬 O‘rganish yakunida faoliyat samaradorligini yanada oshirish, hujjatlar bilan ishlash sifatini takomillashtirish hamda Kengash ishini yanada tizimli tashkil etish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📍 Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish va ularning institutsional salohiyatini mustahkamlash hududlarni rivojlantirishning muhim omillaridan biridir.

Slide 1 of 4