Yangiliklar

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O.Olimjonovlar Andijon shahridagi “Ahmad Yassaviy” MFYda bo‘lishdi.

O‘rganish jarayonida hududdagi bir nechta ko‘chalarda asfaltlash ishlari zarurligi aniqlandi:

H.Sulaymon — 350 metr
Ozodbek — 100 metr
Minavvarhoji — 500 metr
Berk Yassaviy — 1000 metr
Naqshbandiy 1-,2-,3-,4-,5-ko‘chalari — har birida 400 metrdan

Shuningdek, Akbarshoh, Oybek va S.Rahim ko‘chalaridagi jami 500 metr o‘ydiq-chuqur joylarni yamov sifatida asfaltlash lozimligi belgilandi.

Bundan tashqari, beton ustunlar yetishmasligi sababli:
U.Yusupov ko‘chasiga — 10 ta
Berk Yassaviy ko‘chasiga — 4 ta yangi beton ustun o‘rnatish,

Jomiy, Akbarshoh va Oybek ko‘chalaridagi jami 50 ta eski beton ustunlarni yangisiga almashtirish kerakligi aniqlandi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 3