22-iyun – 26-iyun kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
🔹 22.06.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassasi A.Aymbetov tomonidan “Oydin yo‘l” MFYda ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash ishlari o‘rganiladi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov
🔹 23.06.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Abdisadikov Yusupbay Axmetjanovich tomonidan mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablarining sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o‘rganadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov
🔹 24.06.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich o‘zi saylangan “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlarini o‘rganadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov
🔹 25.06.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich Tibbiyot birlashmasida bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holatini o‘rganadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov
🔹 26.06.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassasi D.Xodjanov Ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda shu oyda sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib, o‘rganish ishlarini olib boradi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov