Yangiliklar

Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida


🟢 Viloyat Kengashi deputati N.Qosimova hamda Guliston shahar Kengashi kotibiyati mudiri V.Xasanov tomonidan Shodlik mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylarni bazalt qoplamasi bilan qoplash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, foydalanilayotgan qurilish materiallari sifati hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🏢 Ta’kidlanganidek, ko‘p qavatli uylarning tashqi fasad qismini bazalt qoplamasi bilan qoplash ishlari nafaqat binolarning estetik ko‘rinishini yaxshilash, balki ularning issiqlik samaradorligini oshirish va aholiga qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

✅ O‘rganish yakunida amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli va belgilangan talablarga muvofiq olib borilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.