Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Chinoz tumani.Jamoat transporti harakati va avtobus bekatlari holati o‘rganildi

“Toshkent–Termiz” M-39 avtomobil yo‘lining Chinoz tumani Yollama hududidan o‘tgan qismida yangi qurilgan ko‘prik yonida piyodalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida barpo etilayotgan yo‘lak hamda avtobekatlar qurilishi jarayonlari Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari M. Mirsodiqov hamda E. Saidovlar tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi DM mutaxassisi hamda qurilish ishlarini amalga oshirayotgan pudrat tashkiloti mas’ullari bilan suhbat o‘tkazilib, avtobekatlar qurilishini belgilangan me’yor va talablarga muvofiq, sifatli amalga oshirish, piyodalar xavfsizligini to‘liq ta’minlash, shuningdek, ishlarni o‘z muddatida yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3