Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi 2026-yil 13-aprel kuni soat 10:00 da tuman hokimligining majlislar zaliga chaqiriladi.

Sessiyada tuman hokimining o‘rinbosarlari, fuqarolar yig‘inlari, siyosiy partiyalar, kun tartibiga tegishli idora va tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Deputatlar va sessiya ishtirokchilarini ro‘yxatga olish soat 09:45 da yakunlanadi.

Sessiyani Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashining ijtimoiy tarmoqdagi maxsus sahifasi orqali onlayn (Facebook (https://www.facebook.com/press.taqiyatas)) tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib boriladi.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati