Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Doimiy komissiya yig‘ilishida sog‘liqni saqlash sohasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi davom etdi.

📊 Yig‘ilish kun tartibida Taxiatosh tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hududiy sog‘liqni saqlash tizimini “korrupsiyadan holi soha”ga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2026-yil 1-chorak davomida bajarilgan tadbirlar yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi.

📝 Hisobot davomida:

▪️ sog‘liqni saqlash tizimida shaffoflikni ta’minlash

▪️ korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar

▪️ amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

🤝 Komissiya a’zolari tomonidan tizim samaradorligini oshirish, ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

📌 Muhokamalar yakunida ushbu masalani yanada kengroq ko‘rib chiqish maqsadida uni tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

🔚 Bugungi kun davomida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar bo‘yicha tegishli xulosalar shakllantirilib, ularni amaliyotga joriy etish orqali hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

________________________________________

✅ Sog‘liqni saqlash tizimida shaffoflik — ustuvor vazifa!

Slide 1 of 2