Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Abdisadikov Yusupbay Axmetjanovich kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Obod makon” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
📊 O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi Urazbayev Jasurbek tomonidan olib borilayotgan:
▪️ yoshlar bandligini ta’minlash
▪️ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar
▪️ amalga oshirilgan ishlar va o‘tkazilgan tadbirlar
atroflicha tahlil qilindi.
🤝 Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
📌 Ayrim masalalarni hal etish maqsadida ularni tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish rejalashtirildi.
✅ Yoshlar — jamiyat kelajagi, ularning bandligi va faolligi doimiy e’tiborda!