Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki ko‘chalar holatini yaxshilash hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida deputatlar tashabbusi bilan tegishli amaliy ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, yo‘llarni ta’mirlash, tekislash, asfaltlash va obodonlashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, Fuzuliy ko‘chasining 300 metri hamda Хamza ko‘chasining 500 metr qismida asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur tashabbuslar hudud infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolarning kundalik hayot sifatini oshirish hamda mahalla obodligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilishi rejalashtirilgan.