Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ–6–V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda hududda aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
📝 Shuningdek, ushbu yo‘nalishda deputatlik nazoratini kuchaytirish, joylarda o‘rganishlar olib borish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar kiritish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.