Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev tomonidan Oqdaryo tumanida navbatdagi uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi.
✍️Tashrif davomida deputat hududiy Kengash deputatlari bilan ochiq va samimiy ruhda uchrashib, joylardagi mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qildi.
🔹Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar bilan tashkil etilgan davra suhbati ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, kelajak rejalari, kasb tanlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash borasidagi fikr-mulohazalarini bildirdilar.
🔹Tashrif doirasida hududda o‘z mehnati bilan barqaror faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkor oila xonadoniga ham borildi. Ish jarayoni, mahsulot sifati hamda kelgusidagi kengaytirish rejalari bilan yaqindan tanishildi.