Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati B.Bekniyazov tomonidan “Sarayko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududida soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishi holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida soliq to‘lovlari, mavjud qarzdorlik holatlari hamda aholiga soliq majburiyatlari yuzasidan tushuntirish ishlari qanday olib borilayotgani tahlil qilindi. Shuningdek, soliqdan qarzdorligi mavjud fuqarolar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mutasaddilar bilan muloqot davomida soliq intizomini mustahkamlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.