Yangiliklar

🌿 Taxiatoshda “Kreativ park” qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati A.Matniyazov tumanda barpo etilayotgan “Kreativ park” qurilish maydonida bo‘lib, qurilish jarayoni va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida qurilishning amalga oshirilishi, atrof muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish holatlari ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va park foydalanishga tayyor bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha tuman hokimligi mas’ullari bilan birgalikda tegishli choralar ko‘rish rejalashtirildi.

🎉 Yangi park aholi uchun dam olish, madaniy va ijtimoiy tadbirlar o‘tkazish joyiga aylantiriladi.

Slide 1 of 5