Yangiliklar

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputat X.Rajapova 2025-yilda amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan “Boyovul” mahallasidagi o‘z saylovchilariga hisobot berdi.

Uchrashuvda aholi tomonidan o‘zlarini qiynab kelatyotgan masalalar o‘z yechimini kutayotganini bildirgan. 

Uchrashuvi davomida aholi tomonidan ichki yo‘llar holati bo‘yicha qator murojaatlar bildirildi. Xususan, ayrim ko'chalarda ichki yo'llar ta’mirtalab ahvolda ekani, yo‘llarda chuqurliklar paydo bo‘lgani hamda yomg‘irli mavsumda harakatlanish qiyinlashayotgani bildirdilar.

Deputatlik vakolatidan foydalangan holda X.Rajapova tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga Deputatlik so‘rovini chiqargan va ijrosini nazoratga olgan.

Slide 1 of 3