Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati R.Xidirbayev Taxiatosh tumanida nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va kafolatlarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari, moddiy yordam, kommunal va boshqa imtiyozlardan foydalanish jarayonlari tahlil qilindi. Nogironligi mavjud shaxslar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va takliflar tinglandi.
Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, imtiyozlarning qonun doirasida va shaffof tarzda amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish ta’kidlandi.
Inson qadri — eng oliy qadriyat.