Yangiliklar

Munosabat

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati sifatida, Shavkat Mirziyoyevning «Tinchlik kengashi» sammitidagi ishtirokini katta mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlayman.

Avvalo, O‘zbekistonning bunday nufuzli xalqaro maydonda ishtirok etishi yurtimizning obro‘-e’tibori ortib borayotganidan dalolat beradi. Bu — olib borilayotgan ochiq va tinchlikparvar siyosatning amaliy natijasidir.

Shuningdek, Prezidentimiz G‘azo hududida tinchlikni ta’minlash, insonlarga amaliy yordam berish va vayron bo‘lgan ob’ektlarni tiklash bo‘yicha aniq takliflarni ilgari surdi. Bu tashabbuslar insonparvarlik tamoyillariga to‘la mos keladi.

Biz, xalq vakillari, bunday sa’y-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon