Yangiliklar

Sport infratuzilmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Yu.Abdisadikov “Obod makon” mahallasida joylashgan 1-sonli maktabda bo‘lib, sport zali holati hamda sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi.

🏀 Tashrif davomida sport inshootining texnik holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud jihozlar va ularning yetarliligi yuzasidan atroflicha tanishildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sport anjomlarini yangilash va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan sport infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish ta’kidlandi.

Yoshlar sog‘lom bo‘lsa — kelajak mustahkam bo‘ladi! 💪

Slide 1 of 2