Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Nodira Baratova hamda Jomboy tuman Kengashi deputati Risolat Ochilova Sherqo‘rg‘on mahallasida sayyor qabul o‘tkazishdi.
Unda Nogohon, Qo‘lbosti, hamda Sherqo‘rg‘on mahallasi aholisi o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan deputatlarga murojaat qilishdi.
Binobarin, mahallaning O‘ray, Og‘ajon hamda Sherqo‘rg‘on qishloqlari ichki yo‘llariga asfalt yotqizish, maktab o‘quvchilari uchun piyodalar yo‘lagi kerakligini bildirishdi.
Shuningdek, mahallada faoliyati tugatilgan qishloq shifokorlik punktini qayta tashkil etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Ushbu tibbiy muassasa joriy yil yakuniga qadar qayta ish boshlashi ma’lum qilindi. Bu boradagi ishlar, tuman tibbiyot birlashmasi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Yuqorida qilingan murojaatlar hamda bildirilgan fikrlar yuzasidan deputat nazorati belgilandi.