Yangiliklar

Deputatlik_Nazorati

🏥 Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati U. Normatov aholi uchun o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini, shuningdek, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash masalasini o‘rgandi.

📋 O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolari bilan suhbatlar o‘tkazildi, mavjud muammolar tinglandi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔷 Deputat tomonidan tibbiy muassasalardagi sharoitlar, dorixonalarda dori-darmonlarning yetarliligi va aholiga ularning adolatli taqsimlanishi masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔹 Mavjud kamchiliklar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so'rovlari chiqarilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Slide 1 of 2