Yangiliklar

Deputat o‘z saylovchilari oldida axborot berdi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Himmat Oqbo‘tayev o‘z saylovchilari bilan yuzma-yuz ko‘rishib, ularning muammolari va murojaatlarini tinglash maqsadida uchrashuv o‘tkazmoqda. Ushbu uchrashuv Urgut tumanining "Mo‘minobod" mahallasida joylashgan "Oilaviy shifokorlik punktida" tashkil etildi.

Uchrashuvda deputat, saylovchilar bilan samimiy muloqot qilib, ularning fikrlarini va takliflarini diqqat bilan eshitmoqda. Mahalliy aholi o‘z muammolari haqida ochiqchasiga so‘zlab berishmoqda.  

Jarayonlar davom etmoqda.

Slide 1 of 2