Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi hamda Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi o‘zaro tajriba almashish uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni muhokama qildilar.
Shuningdek, Vatanparvar mahallasida olib borilayotgan islohotlar bilan ham yaqindan tanishib, ularning amaliy natijalarini yuqori baholadilar.
Uchrashuv yakunida kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.